Kontent qismiga oʻtish

Choy Shin-xi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choy Shin-xi
Statistikasi
Vazni Yengil vazn
Millati Janubiy Koreyalik
Tavalludi 21-mart 1983-yil (1983-03-21) (41 yosh)
Seongnam, Janubiy Koreya
Uslubi Orthodox

Choy Shin-xi (1983-yil 21-martda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik ayol bokschi. U 2004-yildan buyon professional sifatida musobaqalarda qatnashadi va sobiq 2005 — 2006 „IFBA Flyweight Chempionship“ chempioni[1][2]. Shin-xi 2007-yilda Elena Rid tomonidan magʻlub boʻlgan [3][4]. 2008-yilda nafaqaga chiqqan Shin-xi Seongnam boks sport zaliga egalik qiladi. Uning boksdagi laqabi „Goʻzallik“ edi.

Boks faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choy 2003-yilda havaskorlar boksi boʻyicha oltin medal sohibi boʻlgan va 2003-yilda professional boʻlishga qaror qilganida, havaskorlar rekordini 6:1 hisobida qoʻlga kiritgan edi. U Jin-Young Kimga qarshi 2004-yilga kelib „KBC Korean World Championship“ jahon chempionatida gʻolib chiqqan[5][6].

Choy 2005-yilda „IFBA Flyweight World Chempionship“ chempionatida Maribel Zurita bilan kurashish uchun Xitoyga borgan va hakamlar hayʼati qarori bilan gʻalaba qozongan[7]. Sakkiz oy oʻtgach, u Seongnam shahrida boʻlib oʻtgan „IFBA Flyweight World Chempionship“ chempionatida yaponiyalik Jet Izumiga qarshi Koreyani muvaffaqiyatli himoya qilgan va gʻolib chiqqan[8]. 2006-yilda Choy Prezident Ro Mu Xyun tomonidan „Koreya Prezidenti nominatsiyasi“ bilan taqdirlangan. Shuningdek, Choy Koreya havo kuchlari akademiyasining boks bo‘yicha murabbiyi bo‘lgan.

2007-yilda, toʻqqiz jang va sakkiz gʻalaba rekordi bilan[1] Choy, Kaliforniyaning Temekula shahrida Elena Reid bilan jang qildi va hakamlar qarori bilan chempionlik unvonini qoʻldan boy berdi[9].

2007-yilda „MBC“, „ESPN“ va „KBS N Sports“ telekanallarida boks sharhlovchisi boʻlib faoliyat yuritgan.

Professional boks rekordi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
No. Natija Rekord Raqib Turi Sana Manzil Izohlar
11 Magʻlub Young Shim Ryu KO 2007-10-19 Kaesong, Shimoliy Koreya
10 Magʻlub Qoʻshma Shtatlar Elena Reid UD 2007-07-02 Pechanga Resort & Casino, Kaliforniya, AQSh Xalqaro ayol bokschilar assotsiatsiyasining yengil vazn toifasida jahon chempioni
9 Gʻolib Saichon Taichio KO 2006-04-22 Shingoo Universiteti, Seongnam, Janubiy Koreya
8 Gʻolib Jet Izumi KO 2005-11-12 Seongnam, Janubiy Koreya Xalqaro ayol bokschilar assotsiatsiyasining yengil vazn toifasida jahon chempioni
7 Gʻolib Qoʻshma Shtatlar Maribel Zurita TD 2005-03-30 Hotel Sunrise International mehmonxonasi, Shenyang, Xitoy Xalqaro ayol bokschilar assotsiatsiyasining engil vazn toifasida jahon chempioni
6 Gʻolib Marisha Allard KO 2004-11-28 Goyang, Janubiy Koreya
5 Magʻlub Maribel Zurita UD 2004-11-28 Jinseon Girlsʼ High School maktabi, Seul, Janubiy Koreya Xalqaro ayol bokschilar assotsiatsiyasining engil vazn toifasida jahon chempioni
4 Gʻolib Jin-Young Kim PTS 2004-05-08 Segokdong Hall, Seul, Janubiy Koreya
3 Gʻolib Na-Yun Um PTS 2004-02-28 Shinheung Universiteti, Uijeongbu, Janubiy Koreya
2 Gʻolib Ji-Eun Kim PTS 2003-12-06 Gooil Highschool maktabi, Seul, Janubiy Koreya
1 Gʻolib Na-Yun Um KO 2003-09-27 KyoYuk MunHwa HoeKwan, Seul, Janubiy Koreya
  1. 1,0 1,1 „Plenty of muscle in 'Baby Doll' Reid’s big win at Pechanga“. By Jerry Magee, UNION-TRIBUNE July 3, 2007
  2. „IFBA World Champion Juhee Kim Defends Against Former IFBA Champ on May 6th“. Women Boxing, April 12, 2005
  3. „Latest boxing News and Events in the USA and around the world“[sayt ishlamaydi]. The Sweet Science, Jul 2, 2007
  4. "Elena „Baby Doll“ Reid and Seven Others to be new Hall of Fame Members" (Wayback Machine saytida 2016-12-20 sanasida arxivlangan). The Sweet Science, By David A. Avila on Feb 05 2016
  5. „Korean American Messer-Caminschi named new IFBA commissioner“. Korean Times US, March 22, 2016
  6. „Womenʼs Body Strips Titles from NK Boxers“ (Wayback Machine saytida 2016-12-20 sanasida arxivlangan). KBS World Radio, 2005-06-23
  7. "Whatʼs the Buzz\'. Womenʼs Boxing Network, March 2005.
  8. „Sport in Brief“. The Telegraph, 14 Nov 2005
  9. "Elena „Babydoll“ Reid: Life After Combat Sports". MMA Rising, By Robert Sargent on April 15, 2011